» » » Test natijalari haqida SMS-xizmatlar xabar bera boshladi

Test natijalari haqida SMS-xizmatlar xabar bera boshladi

Поле названия
Test natijalari haqida SMS-xizmatlar xabar bera boshladi
Качество
Click tizimi va 5100 SMS xizmati OTMlarga kirish imtihonlari javoblarni 15-avgust, juma kunidan boshlab tarqatishni yo‘lga qo‘ydi. Avvalroq, tizim imtihon natijalari Davlat test markazidan olinganidan so‘ng, avtomatik ravishda SMS tarzida yetkazilishini ma’lum qilgandi. Bu haqda "Kun” nashri xabar berdi.
 

Natijalarni bilish uchun Click tizimi foydalanuvchisi *880# so‘rovi orqali chaqiriladigan USSD-menyusidan "DTM-2014” bo‘limiga kirishi, u yerda esa abituriyentning test javoblari varaqasi raqamini kiritishi kerak.

Shundan so‘ng tizim, Click foydalanuvchisi hisobidan 1,5 ming so‘m yechib oladi va foydalanuvchiga ko‘rsatilgan javob varaqasi bo‘yicha natijalarni taqdim etadi (abituriyent talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani, fanlar bo‘yicha testlarda necha ball to‘plagani haqidagi SMS-xabar).

Bundan tashqari, 15-avgustdan boshlab 5100 SMS xizmati tomonidan ham test natijalari to‘g‘risida xabar berila boshlandi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihoni natijalari 16-avgust, shanba kuni soat 9:00 dan boshlab e’lon qilinishini ma’lum qilgandi.

Смотреть Test natijalari haqida SMS-xizmatlar xabar bera boshladi в хорошем качестве
Скачать

Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

© 2013-2020. Daxshat.Site - лучшие фильмы и сериалы на любой вкус.
Владелец сайта - Telegram: @DaxshatUz
Сайт находится в сети TAS-IX. Правообладателям