» » » O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihoni natijalari 16-avgust kuni e’lon qilinadi

O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihoni natijalari 16-avgust kuni e’lon qilinadi

Поле названия
O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihoni natijalari 16-avgust kuni e’lon qilinadi
Качество

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni natijalari 16-avgust, shanba kuni e’lon qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tarqatilgan e’londa xabar qilindi.

O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihoni natijalari 16-avgust kuni e’lon qilinadi

E’longa ko‘ra, Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihoni natijalari "16-avgust, shanba kuni soat 9:00 dan boshlab e’lon qilinadi”.

Test natijalarini O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlari joriy qilgan SMS xizmatlari yordamida ham bilish mumkin bo‘ladi, deyiladi komissiya e’lonida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda OTMlarga kirish imtihonlarini topshirgan abituriyentlar test natijalarini onlayn plastik kartochkalariga ulangan Click xizmati orqali ham bilib olishi mumkin.

Shuningdek, DTM saytida berilgan xabarga ko‘ra, test natijalarini 5100 raqamiga SMS yuborish orqali ham bilish mumkin. Mazkur xizmat faqat Ucell kompaniyasi abonentlari uchun amal qiladi. Bitta chiquvchi SMS narxi — 75 sent.

Fursatdan foydalanib, abituriyentlarga omad tilaymiz! Barcha abituriyentlarni talaba bo‘lishiga tilakdoshmiz!


Manba:Daryo
Смотреть O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihoni natijalari 16-avgust kuni e’lon qilinadi в хорошем качестве
Скачать

Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

© 2013-2020. Daxshat.Site - лучшие фильмы и сериалы на любой вкус.
Владелец сайта - Telegram: @DaxshatUz
Сайт находится в сети TAS-IX. Правообладателям