» » » Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining ijtimoiy dorixona tarmoqlarini tashkil etadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining ijtimoiy dorixona tarmoqlarini tashkil etadi

Поле названия
Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining ijtimoiy dorixona tarmoqlarini tashkil etadi
Качество

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror imzoladi. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.

 

 

Qarorda farmatsevtika tarmog‘ida tuzilmaviy o‘zgarishlar amalga oshirilgani, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga soliq va bojxona imtiyozlari berilgani, farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilgani aytib o‘tildi. Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishda aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator jiddiy xato va kamchiliklar mavjudligi ta’kidlandi va ular sanab o‘tildi.

Ushbu muammolarni bartaraf etish, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan uzluksiz ta’minlash, sun’iy taqchillik va narxlarning oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quyidagilar belgilandi:

2017-yil 1-avgustdan boshlab Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish istisno tariqasida “O‘zmedeksport” respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zmedeksport” RTIDK deb yuritiladi) tomonidan Tibbiyot muassasalari va aholini dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni nazorat qilish bo‘yicha respublika komissiyasi tasdiqlaydigan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha tender savdolari o‘tkazilmasdan amalga oshiriladi;

2017-yil 1-iyulgacha tuzilgan import kontraktlari bo‘yicha dori vositalari va tibbiyot buyumlarini yetkazib berish va sotish ularni tuzish sanasida amalda bo‘lgan shartlar va belgilangan narxlarda amalga oshiriladi;

tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlashtirish faqatgina “O‘zstandart” agentligida o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiya qilingan davlat sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash darajasini oshirish maqsadida o‘zining ijtimoiy dorixona tarmoqlarini tashkil etish yuklatildi.

 

Manba:Daryo

Смотреть Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining ijtimoiy dorixona tarmoqlarini tashkil etadi в хорошем качестве
Скачать

Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

© 2013-2020. Daxshat.Site - лучшие фильмы и сериалы на любой вкус.
Владелец сайта - Telegram: @DaxshatUz
Сайт находится в сети TAS-IX. Правообладателям