» » » O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

Поле названия
O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi
Качество

2017-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining 13-yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

 

Yig‘ilish boshlanishidan avval Xorvatiya Respublikasining Yevropa Ittifoqiga kirgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi bir tomondan hamda ikkinchi tomondan Yevropa hamjamiyatlari va unga a’zo davlatlar o‘rtasida sherikchilikni vujudga keltiruvchi Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimning Bayonnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston nomidan hujjatni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Yevropa Ittifoqi nomidan esa YeIga raislik qilayotgan Estoniya Respublikasining Tashqi ishlar vaziri Sven Mikser hamda Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Savdo bo‘yicha Bosh direktorati bo‘limi rahbari Petros Surmelis imzoladi.

Yig‘ilishda ikki tomon kun tartibidagi masalalar, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni batafsil ko‘rib chiqildi.

Tomonlar uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli ikki tomonlama shakldagi va mintaqalararo darajadagi keng qamrovli sherikchilikni rivojlantirishga tayyorliklarini tasdiqladi.

O‘zbekiston va Yevroittifoq terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalarning tarqalishi va uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko‘rinishlariga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni birlashtirishdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Yig‘ilishda madaniy-gumanitar hamkorlikning istiqbollari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Abdulaziz Komilov va Svin Mikser qo‘shma matbuot konferensiyada chiqish qildi.

 

 

Manba:Daryo

Смотреть O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi в хорошем качестве
Скачать

Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

© 2013-2020. Daxshat.Site - лучшие фильмы и сериалы на любой вкус.
Владелец сайта - Telegram: @DaxshatUz
Сайт находится в сети TAS-IX. Правообладателям