» » » Kino va san’at yulduzlari: “Ermatov bilan faxrlanamiz”.

Kino va san’at yulduzlari: “Ermatov bilan faxrlanamiz”.

Поле названия
Kino va san’at yulduzlari: “Ermatov bilan faxrlanamiz”.
Качество



O‘zbekistonlik Ravshan Ermatov JCh finalida hakamlik qilmasligi aniq bo‘lgandan keyin Sayyod.uz sayti estrada xonandalari va kino aktyor-aktrisalarining fikrlari bilan qiziqdi. Bu haqda Stadion.uz xabar beradi.

Rayhon: "Biz hammamiz unga ‘bolet’ qilgan edik. Lekin nima bo‘lsa ham jahon chempionatidagi ishtirok etish va ayniqsa finalgacha borishni o‘zi katta sharaf! Men undan judayam faxrlanaman! Bizning ham futbol komandamiz jahon chempionatida bo‘lishiga umid qilaman”.

Obid Asomov: "Judayam xafa bo‘ldim, lekin shu kungacha erishgan yutuqlarini o‘ziga uni O‘zbekiston qahramoni desa bo‘ladi. Sog‘liq va omad tilayman”.

"Ummon” guruhidan Shohruh: "Dabdala bo‘libdi! *** (biiip) ekan unda ular! Mana fikrim!”

Shirin G‘ofurova ("Vodiy sadosi” radioboshlovchisi): "Ha, ertalabdan noxush xabar bo‘ldi. Ritssoli haqida birinchi marotaba eshitishim. Yevropa va Lotin Amerikasi matchiga Osiyo referisini qo‘yish adolatliroq bo‘lar edi, degan fikrdaman. Afsus. Ammo, Ravshan aka bu chempionatning eng a’lo referisi! Bironta xatosiz, xech qanday shousiz va o‘ziga diqqat e’tiborni qaratmagan holda hakamlikni a’lo darajada uddaladi. Ofarin! Menimcha, final uchun uni hali yosh deb baholashgan bo‘lsa kerak, bo‘lmasa boshqa kamchiliklarni unda kuzatib bo‘lmaydi. 2018-yilgi Rossiyada o‘tadigan chempionatda Ravshan Ermatov finalida hakamlik qiladi deb umid qilaman yoki hech bo‘lmasa bizning futbolchilar u chempionatga chiqa olishar”.

Zohir Shoh Jo‘rayev: "Nohaqlik! Doimgidek monopoliya, hech qachon zo‘rni ko‘ra olishmaydi. Har yerni o‘z ‘zapret’lari bor, hech kim to‘g‘ri raqobatlashmaydi. Baribir yurtdoshimizga rahmat, shu yerda ham yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘targani uchun!”

Adiz Rajabov: "O‘yin davomida har safar Ravshan Ermatovni ko‘rsatishganida men faxrlanib quvonar edim. Kamtarona tabassum va shubhasiz professionalizm sohibi bo‘lgan bu inson hammaning qalbidan joy ola oldi. Finalda hakamlik qilmasligidan og‘rindim, ammo futbol bu bilan yakunlanmaydi, chempionatlar hali ko‘p buladi!”

Manba:Daryo

Смотреть Kino va san’at yulduzlari: “Ermatov bilan faxrlanamiz”. в хорошем качестве
Скачать

Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
© 2013-2020. Daxshat.Site - лучшие фильмы и сериалы на любой вкус.
Владелец сайта - Telegram: @DaxshatUz
Сайт находится в сети TAS-IX. Правообладателям