» » Odil Ahmedov: Terma jamoadagi sardorlik bog‘ichi menga omad keltirmoqda

Odil Ahmedov: Terma jamoadagi sardorlik bog‘ichi menga omad keltirmoqda

Поле названия
Odil Ahmedov: Terma jamoadagi sardorlik bog‘ichi menga omad keltirmoqda
Качество
Жанр: Yangiliklar

Odil Ahmedov: Terma jamoadagi sardorlik bog‘ichi menga omad keltirmoqda

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi KXDRga qarshi JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralash uchrashuvida muxlislar ishonchini oqlashi shart. Bu haqda jamoa sardori, Rossiyaning "Krasnodar” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda "Uff.uz”.
http://img.uz/d/2015/10/56336f03f35b1.jpg

Odil Ahmedov "Krasnodar” klubi matbuot xizmati bilan qilgan suhbati davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasining saralash bosqichidagi ishtiroki borasidagi savollarga javob qaytardi.

"Menimcha, sardorlik bog‘ichi menga omad keltirmoqda. Yaqinda Bahraynga qarshi kechgan bahsda hujumga o‘tdim va jarima maydonchasiga kirgach, jamoadoshim menga aniq pas uzatdi. Chap oyoqda zarba bermoqchi edim, ammo to‘p o‘ng oyog‘imga tegib, yo‘nalishni biroz o‘zgartirdi va raqib darvozaboni bundan chalg‘ib qoldi. Aslida o‘sha vaziyatda zarba ham o‘xshamagandi, ammo to‘p darvozadan joy oldi. Bu yerda omadsiz ish bitishi qiyin edi”, — dedi Ahmedov.

Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Samvel Babayan haqida ham fikr bildirdi. "Eng avvalo, Babayan juda kuchli ruhshunos ekanini aytish lozim. U butun jamoa bilan va har bir futbolchi bilan alohida gaplashib oldi, har bir o‘yinchiga kerakli gaplarni ayta oldi. Yigitlar o‘z kuchiga yana ishona boshladi va ijobiy natija ham o‘zini uzoq kuttirib qo‘ymadi”, — dedi yarim himoyachi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorining fikricha, 12-noyabr kuni KXDRga qarshi bo‘ladigan o‘yin "6 ochkoga tortadi”. "O‘zbekistonda terma jamoaning jahon chempionatiga chiqishini hamma orzu qilmoqda. Buning uchun esa guruhda birinchi o‘rinni olib, keyingi bosqichga chiqish shart. KXDRga qarshi kechadigan o‘yinda bizni faqat g‘alaba qanoatlantiradi, o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Shimoliy Koreyaga qarshi kechadigan o‘yinda muxlislar ishonchini oqlashimiz shart”, — dedi Ahmedov.

Manba: Daryo

Смотреть Odil Ahmedov: Terma jamoadagi sardorlik bog‘ichi menga omad keltirmoqda в хорошем качестве
Скачать

Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
© 2013-2020. Daxshat.Site - лучшие фильмы и сериалы на любой вкус.
Владелец сайта - Telegram: @DaxshatUz
Сайт находится в сети TAS-IX. Правообладателям